35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Deputatlar nazoratida: Sarikulda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari qonunchiligi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari o‘zi saylangan hududlarda aholi farovonligini oshirish va yer resurslaridan samarali foydalanish borasida deputatlik nazoratini izchil amalga oshirmoqda.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Samatov hamda komissiyaga biriktirilgan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi hamkorlikda 9-Sarikul saylov okrugiga qarashli "Sarikul" mahallasida amaliy o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan "Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi (O‘RQ-681-sonli) hamda "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi (O‘RQ-680-sonli) Qonunlari talablarining ijrosi, xususan:

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
Yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ekin turlarining to‘g‘ri tanlangani;
Aholining daromadini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mahalladagi xonadon egalari bilan muloqot o‘tkazilib, har bir qarich yerdan unumli foydalanish, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qonunchilikda berilgan imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan bunday o‘rganish va nazorat tadbirlari tumanning barcha hududlarida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3