35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
🌏Mazkur muloqot, avvalo, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.
🌏Deputat sifatida ushbu muloqotni O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, milliy manfaatlarimizga mos ravishda xalqaro hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarning muhim davomi sifatida baholayman.
🌏Eng muhimi, bunday yuqori darajadagi muloqotlar mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, yangi investitsiya va texnologiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yurtimiz aholisi farovonligini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonaman.
🌏O‘zbekiston–AQSH munosabatlarining izchil rivojlanishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash bilan bir qatorda, yangi iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar eshigini ochadi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Murodov