35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULANISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-8-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “SURXON SOHILI” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: KO‘P QAVATLI UYNI TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
“Abdulla Avloniy” okrugida bunyodkorlik va infrastruktura — deputat nazoratida
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun #biriktirilgan_qonun #deputat_faoliyati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: Muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish: Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yangi imkoniyat
янв.21
TADBIRKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR MANBAI
“Ona uyi” — mehr, himoya va yangi hayot sari imkoniyat

Tadbirda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari K.Ashurov, shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova, shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayev hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Tashrif davomida “Ona uyi”da tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning farzandlariga yaratib berilgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, psixologik va tibbiy yordamlar bilan tanishildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni og‘ir vaziyatdan chiqarish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, farzandlarini ona bag‘rida tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Ayni paytda “Ona uyi”da tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 5 nafar ayol vaqtincha istiqomat qilmoqda. Ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida muassasada 1 nafar psixolog, 1 nafar hamshira va 2 nafar tungi nazoratchi faoliyat yuritmoqda.
Psixolog tomonidan ayollarga ruhiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilsa, hamshira ularning salomatligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratmoqda. Tungi nazoratchilar esa muassasada xavfsizlik va tartibni ta’minlashga mas’ul.
Shu bilan birga, “Ona uyi”da istiqomat qilayotgan ayollarning 9 nafar farzandiga ham zarur ko‘mak va e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda.
“Ona uyi”ning asosiy maqsadi — og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va ularning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ona mehridan mahrum bo‘lib qolishining oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Muassasa faoliyatida bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish holatlarini kamaytirish, ularning o‘z onalari bag‘rida, mehr va e’tibor muhitida ulg‘ayishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ayollarni mustaqil hayotga tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ma’lum muddat davomida psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kelgusida o‘z yo‘lini topishiga amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda.
Bu esa ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, o‘z daromadiga ega bo‘lishi va farzandlari bilan barqaror hayot kechirishi uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Tashrif davomida muassasa mas’ullari bilan suhbatlashilib, xotin-qizlar va ularning farzandlariga ko‘rsatilayotgan yordamlar, mavjud ehtiyojlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Har bir ayol himoya va qo‘llab-quvvatlashga, har bir bola esa mehr va e’tiborga munosib. “Ona uyi” ana shu ezgu maqsad yo‘lida xotin-qizlar va ularning farzandlariga yangi hayot sari qadam tashlashlarida ko‘mak berib kelmoqda.

Slide 1 of 3