35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Oltinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Beshinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
To‘rtinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Uchinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasida budjet va infratuzilma masalalari muhokama qilinmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Gumbaz mahallasidagi 34-sonli umumta’lim maktabi hamda Qorovultepa mahallasidagi 66-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududlarning obodonlashtirish holati hamda mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida har ikkala maktab hududida ham obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagani, ayrim hududlarda tartibga keltirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish zarurligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2