35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun #biriktirilgan_qonun #deputat_faoliyati
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun #biriktirilgan_qonun #deputat_faoliyati
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi — deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #KQ_6 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari nazoratda
янв.21
“Eskishаhar” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🗣Xotin-qizlar huquqlari himoyasi — deputatlik nazorati markazida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #KQ_35 #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🗣“Saxovat” mahallasida nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #fuqarolar_qabuli #murojaat_daftari 🗣Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🏛️Ijtimoiy xizmatlar sifati — deputatlik nazoratida
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-"Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori A.Turg‘unboyevning 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida mahalla hududida 1 ta o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan ko‘rilgan choralar hamda kelgusida shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar yuzasidan axborot berildi.

O‘rganish yakunida mahalla hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4