Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimi G.Sayfutdinova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra:
10 nafar ehtiyojmand oilaga jami 24 million 720 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xarid qilish uchun vaucherlar ajratilgan;
45 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs protez-ortopediya buyumlari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlangan;
2 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayolga qonunchilikda belgilangan tartibda himoya orderi rasmiylashtirilgan.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning sifati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi