35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi: “Temiryo‘lchi” va “Alisher Navoiy” mahallalaridagi infrastruktura ishlari o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #Buni_bilasizmi Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashda Kengashlarning o‘rni
янв.21
#QonunchilikdagiYangiliklar #HuquqiyAxborot ❗️Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtiriladi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘larining samarali sarflanishi deputatlar nazoratida
янв.21
“Do‘stlik” mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Jayhun” mahallasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Jayhun” mahallasida deputatlik faoliyati mezonlari asosida o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat D.Toshboyeva saylovchilariga birinchi yarim yillik faoliyat yuzasidan axborot berdi
янв.21
TERMIZ SHAHAR KENGASHIDA HAFTALIK SARHISOB: DEPUTATLAR FAOLIYATI TUSHUNTIRILDI VA TAHLIL QILINDI
янв.21
#huquqiy_axborot_soati
HUDUDLARDA INFRATUZILMA HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida hudud infratuzilmasi holatini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar davomida ichimlik va sug‘orish suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ichki yo‘llar, ko‘priklar, ijtimoiy soha obyektlari, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar holati joyiga chiqqan holda tahlil qilinmoqda. Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganilmoqda.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berish, zaruratga ko‘ra deputat so‘rovlarini kiritish hamda amaliy choralar ko‘rilishi ustidan nazorat o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Dolzarb masalalar esa Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilib, ularning ijrosi yuzasidan parlament nazorati doirasida muntazam monitoring olib boriladi.