35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalliy budjet mablag‘larining samarali sarflanishi deputatlar nazoratida
янв.21
“Do‘stlik” mahallasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Jayhun” mahallasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Jayhun” mahallasida deputatlik faoliyati mezonlari asosida o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat D.Toshboyeva saylovchilariga birinchi yarim yillik faoliyat yuzasidan axborot berdi
янв.21
TERMIZ SHAHAR KENGASHIDA HAFTALIK SARHISOB: DEPUTATLAR FAOLIYATI TUSHUNTIRILDI VA TAHLIL QILINDI
янв.21
#huquqiy_axborot_soati
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 03-avgust – 07-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 27-31-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
Deputat saylovchilar va mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, 14-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Karshiboyeva Gulchexra tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Gulbog‘ mahallasi yettiligi a’zolari hamda saylovchilar ishtirok etib, hududdagi mavjud masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolariga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan ham suhbatlar olib borilib, ularning murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ichimlik suvi ta’minoti hamda eskirgan beton ustunlarni yangilash masalalari ko‘tarildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish, masalalar yechimini nazoratga olish belgilandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3