35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat D.Toshboyeva saylovchilariga birinchi yarim yillik faoliyat yuzasidan axborot berdi
янв.21
TERMIZ SHAHAR KENGASHIDA HAFTALIK SARHISOB: DEPUTATLAR FAOLIYATI TUSHUNTIRILDI VA TAHLIL QILINDI
янв.21
#huquqiy_axborot_soati
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 03-avgust – 07-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 27-31-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #xalqparvar_komissiya #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #Kengash_qarori 🏢5-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi 🗣“Shifokor” mahallasida yoshlar muammolari va huquqiy masalalari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI: “ABDULLA AVLONIY” MAHALLASIDAGI ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shuxrat Fayziyev
19-Minglola saylov okrugi hududida joylashgan 275-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning yangi 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda sport zalining ahvolini o‘rgandi.

O‘rganish davomida sinf xonalari, o‘quv binolari, muhandislik kommunikatsiyalari, obodonlashtirish ishlari va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport zalidagi mavjud sharoitlar, sport anjomlari holati va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish imkoniyatlari baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holga keltirish hamda sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, umumta’lim maktabi yonida piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalar o‘tish joylarini maxsus yotiqiy chiziqlar, yo‘l belgilari, sun’iy notekisliklar (“baland o‘tish joylari”, “qavariq”) joyini tashkil etish maqsadida, mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4