Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.I. Litvinova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati N. Voropayeva ishtirokida Yunusobod tumanining “Yangibog‘” mahallasida hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
🏠Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud infratuzilma holati, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, obodonlashtirish ishlari hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
🤝Bildirilgan murojaatlar va takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🔠Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!