Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2-Mash’al saylov okrugi deputati Saidov Mahmud Abdug‘aniyevich tomonidan hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida 2027-yilda tasdiqlanadigan hududiy dasturlarga quyidagi takliflarni berdi.
📌 Takliflar:
🛣 Temiryo‘l MFY hududidagi 1 kilometr ichki yo‘lni asfaltlashtirish.
⚡️ Mash’al MFYda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 50 ta temir-beton elektr ustunini o‘rnatish.
⚡️ Zorman MFYda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun 50 ta temir-beton elektr ustunini o‘rnatish.
✅ Mazkur takliflarning amalga oshirilishi yo‘l va elektr infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.