35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #Kengash_qarori 🏢5-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #xalqparvar_komissiya #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi 🗣“Shifokor” mahallasida yoshlar muammolari va huquqiy masalalari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI: “ABDULLA AVLONIY” MAHALLASIDAGI ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Bog‘zor” mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Surxon sohili” mahallasida obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Surxon sohili” mahallasida yoshlar bilan ishlash faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Mahalladagi huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari tahlil qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🏢Ko‘p kvartirali uylar holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
PQ-141 ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

PQ-141 ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva Termiz tuman hokimligining mas'ul vakili bilan birgalikda Nurafshon MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududda toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda ichki yo‘llarni toshlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish-montaj ishlarining borishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ullar bilan muhokama olib borildi.

Shuningdek, hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash va ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4