#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
#sessiya_kun_tartibidagi_masala
Xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov hududidagi "Do‘stlik" mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida"gi masala yuzasidan hududda olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish davomida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram