#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil
Obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Hamroyev, Y.Bo'ronovlar hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan tuman Kegashiga 8-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev hududidagi "Tinchlik" mahallasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi 23-umumta'lim maktabi holati, ichki ko‘chalar, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari, aholi xonadonlarining tashqi ko‘rinishi, tomorqalardan samarali foydalanish hamda hududning umumiy obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari ijrosi ham tahlil qilindi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla mas’ullari hamda tegishli tashkilot vakillari bilan muhokamalar o‘tkazilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududning sanitariya holatini yanada yaxshilash va aholining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram