Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, joriy davr mobaynida:
33 nafar ishsiz xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;
2 nafar ayolga imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan;
4 nafar ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan;
36 nafar ayolga huquqiy yordam ko‘rsatilgan;
42 nafar xotin-qiz uchun psixologik treninglar tashkil etilgan;
60 ga yaqin ehtiyojmand ayolga homiylik asosida moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, Qonun talablarini joylarda samarali ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqiy xabardorligini oshirish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi