Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yuborilayotgan deputatlik so‘rovlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ularga asoslantirilgan va amaliy natijaga yo‘naltirilgan javoblar taqdim etish, ijro intizomiga qat'iy rioya etish hamda deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini alohida ta'kidladi.
Sessiyada mas'ul rahbar tomonidan ushbu masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar va deputatlik so‘rovlari ijrosini qat'iy nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.