Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich, deputat Artikov Davron Omarbayevich va Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovichlar bilan birgalikda o‘zi saylangan “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida saylovchilar va ko‘chaboshi Q.Sattarov bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida hududni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, mahallada hamjihatlik va o‘zaro ko‘mak muhitini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan 60-ko‘p qavatli uy tagida to‘planib qolgan suvni chiqarish hamda ushbu joyni tuproq bilan to‘ldirish masalasida yordam so‘raldi.
🚜 Murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi. Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan o‘z hisobidan 5 mashina tuproq olib kelinib, hududdagi muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
🙏 Ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun saylovchilar tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
📌 Mahalladagi muammolarni birgalikda hal etish — obodlik va hamjihatlikning eng yaxshi namunasidir.