O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 - 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli Qarori ijrosi doirasida Amudaryo tumani “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Sanitariya epidimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi.
Mazkur jarayon Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashga Milliy tiklanish partiyasidan saylangan deputat S.Jumamuratova, O'zLiDePdan saylangan deputat M.Kazakov va "Adolat" SDPdan saylangan deputat -Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar tomonidan amalga oshirildi. Nazorat tadbiri davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda ishlarning sifat darajasi o‘rganildi.