Navbatdagi sayyor qabulda Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 16-«Boqquduq» saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri B. Hamraqulov hamda «Mahalla yettiligi» vakillari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladilar.
Uchrashuv davomida fuqarolarning dolzarb masalalarga oid murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.