35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-25-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati ochiqlik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi
янв.21
“NURLI KELAJAK”DA SAMIMIY MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANDI VA QAT’IY NAZORATGA OLINDI!
янв.21
“Nurli kelajak” mahalasida ochiq muloqot: deputat T.Berdiyev II chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Geografik obyektlarning nomlari – milliy qadriyat va tarixiy merosimiz ifodasi!
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida "Ko‘chama-ko‘cha" loyihasi doirasida o‘rganishlar o‘tkazildi: Aholi murojaatlari nazoratga olindi
янв.21
"Manguzar" mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlar nazarida: Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratida: Kriminogen vaziyat tahlili
янв.21
Manguzar mahallasida yoshlar siyosati va deputatlik nazorati: Muammolar va istiqbollar tahlil qilindi
янв.21
"Navro‘z" mahallasida deputatlik nazorati: obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solish, xususiy mulk huquqlarini mustahkamlash hamda yer resurslaridan samarali va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Ushbu Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish qonuniylik, ixtiyoriylik, haq to‘lash, xususiylashtiriladigan yer uchastkalari va ulardagi ko‘chmas mulk obyektlarining yaxlitligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Bu esa jarayonning adolatli va barqaror kechishini ta’minlaydi.

Qonunda xususiylashtirish obyektlari, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan yer uchastkalari, davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan hududlar hamda bo‘sh turgan yer uchastkalari aniq belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, ayrim toifadagi yer uchastkalari (tabiatni muhofaza qilish hududlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, maxsus iqtisodiy zonalar va boshqalar) xususiylashtirilishi mumkin emasligi ham mustahkamlangan.

Qonunga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi: mavjud huquqlar asosida sotib olish hamda elektron onlayn-auksionlar orqali xarid qilish. Jarayon Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, Qonunda yer uchastkalarining sotib olish qiymatini aniqlash va to‘lash tartibi, davlat organlarining vakolatlari, xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning yo‘naltirilishi, hamda mulkdorlarning huquq va majburiyatlari batafsil tartibga solingan.

Mazkur Qonun mamlakatimizda yer islohotlarini chuqurlashtirish, investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning mulk huquqlarini kafolatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.