Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hamkorlik va amaliy huquqiy yordam: "Madad" NNT bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi!
янв.21
“Yashil bog‘lar” qarori ijrosi deputatlar nazoratida: Termizda ekologik loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
XALQARO HAMKORLIK AMALDA   Yurtimizda yosh olimlar va talabalarning jahon andozalari darajasida bilim olishlari, dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
O‘RQ-406 qonuni ijrosi amalda: "Tinchlik" mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati savolnomalar asosida tahlil qilindi
янв.21
Qurilishlarda ekologik nazorat: Shahardagi qurilish obyektlarida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar deputatlar va ekopolitsiya tomonidan tahlil qilindi!
янв.21
Korrupsiyasiz soha: "Termiz shahargaz" gaz ta'minoti bo‘limida ochiqlik siyosati va murojaatlar bilan ishlash tizimi deputatlik nazoratida!
янв.21
“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 12-sonli maktabning binosini ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi!
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shonavar Shomaxmudov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilishda mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati muhokama qilindi va tahlil qilindi hamda mavjud kamchiliklar, ijro intizomi hamda deputatlar faoliyatini tashkiliy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Senat qarorlari, amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kotibiyatlar faoliyati batafsil ko‘rib chiqildi. Ayrim hududlarda deputatlar bilan ishlash, hujjatlar ijrosi monitoringi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda deputatlik nazoratini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala deputatlar tomonidan sessiyadan oldin o‘z saylov okruglarida ijro organlari vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganilishi, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar kotibiyatga kiritilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirishda aynan hududdagi o‘rganishlar muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Deputatlar hududlarda faoliyat olib borayotganida ishlab chiqilgan "Deputat daftari" amaliyotidan samarali foydalanish, har bir ko‘cha kesimida mavjud muammolarni qayd etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni foto va boshqa dalillar bilan tasdiqlab borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Bu orqali deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari ochiq va shaffof tarzda monitoring qilinishi qayd etildi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiyalar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida komissiyalar o‘z tashabbusi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar ijrosi, ularning amaliy natijalari va tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lishi shartligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir doimiy komissiya o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borishi, natijalari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishi lozimligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish, deputatlik tashabbuslarini amaliy natijaga yoʻnaltirish hamda namunaviy doimiy komissiya qarorlari asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda kotibiyat xodimlarining hududlardagi amaliy faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Har bir xodimning deputatlar bilan ishlashdagi ishtiroki, saylov okruglariga chiqishlari, o‘rganishlarda qatnashishi va ko‘rsatayotgan tashkiliy yordami aniq faktlar asosida baholanishi, jumladan, bir kun davomida kotibiyat xodimi deputatning saylov okruglarida olib borayotgan ishlarida ishtirok etganini tasdiqlovchi dalillar shakllantirilishi lozimligi belgilandi.

Tuman Kengashlarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, deputatlar faoliyatining yoritilishi, e’lon qilinayotgan materiallarning sifati va soni, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan monitoring tahlillari muhokama qilindi. Mas’ullarga axborot siyosatini kuchaytirish, deputatlar faoliyatini tezkor va sifatli yoritish hamda aholiga ochiq axborot yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, deputatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, hujjatlar ijrosi va deputatlik nazoratini qat’iy tizim asosida tashkil etish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar natijadorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3