🔰 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati S. Bektemirov tomonidan Ibratli mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda ularning murojaat va takliflari tinglandi.
🤝 Muloqot davomida aholi tomonidan, xususan, Darmon ko‘chasida elektr ustunlari va tungi yoritish tizimini yaxshilash zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📝 Bildirilgan masalalar deputatning saylov okrugidagi muammolarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda kiritilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.
✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.