Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Guliston" mahallasidagi Qirg‘oqbo‘yi ko‘chasida elektr simyog‘och va yo‘l muammosi deputatlik nazoratiga olindi!
янв.21
Yig‘ilishidan so‘ng "Guliston" mahallasida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va nazoratga olindi!
янв.21
#deputat_axboroti #deputatlik_faoliyati 🗣“Guliston” mahallasida deputat saylovchilar oldida 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
#doimiy_komissiya_faoliyati 🗣Doimiy komissiya tomonidan mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Yangi bosqich va qat’iy nazorat: “Manguzar” mahallasida yangi tayinlangan rais hamda “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Surxon sohili" mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi 📊Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Jo‘yjangal" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
#deputatmurojaatdaftari ⚡️"Navro‘z" mahallasidagi yangi elektr ustunlari muammosi deputat nazoratiga olindi!
янв.21
Qonun ustuvorligi mahallada: "Navro‘z" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati muhim qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA BANKLAR FAOLIYATI QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILMOQDA
Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-iyuldagi VII-24-90-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, 6-«Iykota» saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Aleksandrovich Mironov tomonidan Bektemir tumanining «Iykota» mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda Bektemir tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Mahalla uyushmasi boshlig‘i Ermatov Abduxalil Karimberdiyevich, Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi raisi D.N. Muhitdanov, tuman Kengashi deputati Z.I. Kavaev, mahalla faollari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat Sergey Mironov 2026-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Xususan, ushbu davrda saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar tashkil etilgani, 2 ta sayyor qabul va 2 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazilgani, kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Zarur hollarda mas’ul idoralarga deputatlik kuzatuv xatlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani qayd etildi.

📝 Deputat o‘z hisobotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 6 ta sessiyasida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etganini alohida ta’kidladi. Sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, investitsiya dasturlarining ijrosi, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari hamda axborotlari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinganini qayd etdi.

🔎 Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoring olib borilgani hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi.

🔺 Bundan tashqari, mahalliy budjet va investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilayotgani, navbatdagi sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, fuqarolar manfaatidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, og‘ir yuk avtomobillari harakatini tartibga solish, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa kommunal xizmatlarga oid qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7