Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat olib borayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatida ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini mas'ul mutaxassislar bilan birgalikda tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat, davlat xizmatlaridan foydalanish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlar ijrosini ta'minlash, fuqarolarga sifatli huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan fikr almashilib, kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram