"Fuqarolarning tinch va xavfsiz hayotini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa kiberjinoyatlarning oldini olish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Eng muhimi, har bir mahallada osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilish barcha mutasaddi idoralarning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi. Biz deputatlar sifatida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki xavfsiz mahalla va qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti hamda xalq farovonligining eng muhim kafolatidir."
deya deputat Dushamov Elyor
Shuxrat o‘g‘li o‘z munosabatini bildirdi.