"Mazkur qaror orqali jamg‘arma mablag‘lari aholining xavfsizligini mustahkamlash, mahallalarda zamonaviy videokuzatuv tizimlarini joriy etish, tungi yoritishni yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilayotgani alohida ahamiyatga ega. Eng muhimi, ajratilgan har bir so‘m mablag‘ o‘z manziliga yetib borishi, undan samarali va shaffof foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini izchil olib boramiz. Chunki har bir qabul qilinayotgan qaror, avvalo, fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi lozim."
deya deputat Dosova Gulxumar Kuranbayevna o‘z munosabatini bildirdi.