Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#KengashQarori #Ekspertguruhi INKLYUZIV TA’LIM E’TIBORDA: 21-sonli maktabda maxsus xona ta’mirlanishi deputatlik nazoratiga olindi.
янв.21
BANDLIK VA DAROMAD MANBAI NAZORATDA: "Eskishahar" mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasidagi Sherobod ko‘chasi yo‘l muammosi deputat nazoratiga olindi!
янв.21
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI — SAMARADORLIK MEZONI: "Shifokor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#162_Qonun #Korrupsiyagaqarshikurashish 🗣Termiz shahar Adliya bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi: Aniqlangan muammo nazoratga olindi
янв.21
#162_ta_Qonun #Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TashkilotVaDeputatHamkorligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🏛️Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🗣Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Bakiyev Abdumasad Qayumovich (2-Shodlik saylov okrugi) tomonidan hududdagi dolzarb muammolarni hal etish chorasi ko‘rilmoqda.

So‘nggi kunlarda “Bahoriston” mahallasi aholisi tomonidan suyultirilgan gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganligi yuzasidan deputat nomiga ko‘plab haqli e’tirozlar va murojaatlar kelib tushdi.

Aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda hamda muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida, deputat A.Q.Bakiyev tomonidan “Surxondaryo hududgaz ta’minoti” AJ Uzun tuman hududgaz ta’minoti filiali boshlig‘i X.Turdiyevga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.

Xalq vakili sifatida saylovchilarimizning har bir murojaati va e’tirozi e’tiborimiz markazida. Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Muammo yuzasidan mutasaddi tashkilotning javobi va amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.