Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO HAMKORLIK AMALDA   Yurtimizda yosh olimlar va talabalarning jahon andozalari darajasida bilim olishlari, dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
O‘RQ-406 qonuni ijrosi amalda: "Tinchlik" mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati savolnomalar asosida tahlil qilindi
янв.21
Qurilishlarda ekologik nazorat: Shahardagi qurilish obyektlarida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar deputatlar va ekopolitsiya tomonidan tahlil qilindi!
янв.21
“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Korrupsiyasiz soha: "Termiz shahargaz" gaz ta'minoti bo‘limida ochiqlik siyosati va murojaatlar bilan ishlash tizimi deputatlik nazoratida!
янв.21
Xalq tashabbusi — deputat nazoratida: 12-sonli maktabning binosini ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi!
янв.21
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash raislari, kotibiyat mudirlari va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori 🗣Doimiy komissiyalar faoliyati
янв.21
Yashil tabiat va ekologik nazorat: Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi!
#deputatlik_faoliyati

DEPUTAT VA MAHALLA YETAKCHILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI. 🗳🏘

✍🏻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 📄

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputatlari Ekalogiya partiyasi azolari N.Niyozov va A.Tursunboevlar Madad NNT xodimlari tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Oppoq” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yetakchiligi”ning ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. 🤝

O‘rganish jarayonida deputat mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, PF–209-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4