Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Aholining huquqiy himoyasi: "Madad" NNT Termiz shahar byurosi faoliyati va fuqarolarga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI – QONUN IJROSI AMALDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: hamkorlikdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari nazoratda: "Shifokor" mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

“Bor mehrim senga – bolajon” xayriya aksiyasi doirasida aholining salomatligini qo‘llab-quvvatlash va insonparvarlik qadriyatlarini yana-da mustahkamlash maqsadida Sirdaryo qon quyish laboratoriyasi boshqarmasida begaraz qon topshirish tadbiri tashkil etildi.
Ushbu ezgu tashabbusda Sardoba tumanidan kelgan faol fuqarolar hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi deputat
B.Bekmurodov, partiya faollari O.Usmonov, Sh.Mamatqulov, F.Quroqov, F.Musayev va
B. Rasulovlar ishtirok etib, bemor bolajonlar va qonga ehtiyoji bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolish yo‘lida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Inson hayoti uchun eng qimmatli ne’matlardan biri bo‘lgan qonni begaraz topshirish orqali aksiya ishtirokchilari mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni yana bir bor namoyon etdilar.
Bunday xayrli ishlar jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 2