Murojaat bo'yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash ishlari tashkil etildi. Natijada murojaat ijobiy hal etilib, fuqarolarga suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Shuningdek, kelgusida bunday muammolarning oldini olish, aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlash hamda uyma-uy yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan kelishuvga erishildi.