Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi yuzasidan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
✅ Doimiy komissiya tomonidan qabul qilingan tavsiyalar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.