Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
"Amu sohillari" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#Bog‘zorMahallasi #TermizShaharKengashi #PF116 #SessiyaOldiOrganish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI”DAGI MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
“SAXOVAT” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA QONUN IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/45942)
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
TARIXDAN ILHOM, KELAJAK SARI QADAM

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari Jaloliddin Manguberdi haykali yonida ochiq muloqot va fikr almashuv uchrashuvini o'tkazdilar.

Ochiq tabiat bag‘rida tashkil etilgan ushbu uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Mardlik, jasorat va Vatanga sadoqat timsoli bo‘lgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykali yonida o'tkazilgan muloqot yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator g‘oyalar ilgari surildi.