Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: "Do‘stlik" mahallasidagi faoliyat "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallada amaliy muloqot: "Jayhun" mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 22-26-iyun)
янв.21
🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-19-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT TOMONIDAN MADANIYAT UYI QURILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-Samarqand saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev tomonidan Saidobod mahalla fuqarolar yig‘inida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan, biroq bir necha yildan buyon qurilish ishlari to‘xtab qolgan madaniyat uyi obyektining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur obyektning foydalanishga topshirilmagani mahalladagi yoshlarni madaniyat va san’at to‘garaklariga keng jalb etish imkoniyatlarini cheklab kelayotgani qayd etildi.

Aniqlangan holat yuzasidan madaniyat uyi qurilishining bugungi holati, amalga oshirilgan ishlar hamda qurilishning yakunlanish muddatlari bo‘yicha tuman Madaniyat bo‘limidan tegishli tushuntirish olish maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 2