Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Muloqotdan amaliy natijagacha: "Pattakesar" mahallasida aholi muammolari deputat nazoratiga olindi
янв.21
Xalq bilan samimiy muloqot: "Pattakesar" mahallasida islohotlar targ‘iboti va aholi murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Yoshlar daftari" orqali yoshlarning intellektual va tadbirkorlik salohiyati qo‘llab-quvvatlanmoqda!
янв.21
Deputat va mahalla hamkorligi tahlilda: "Shifokor" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Uchrashuvdan so‘ng "Abdulla Avloniy" mahallasidagi obodonchilik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Dilbar Normuradova saylovchilar bilan uchrashib, faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
23-iyun – Davlat xizmati xodimlari kuni.
янв.21
OKRUGLARDA DEPUTAT NAZORATI: "Abdulla Avloniy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣O‘zbekiston respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni (https://lex.uz/ru/docs/3088008)
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi
Haftalik rejaga muvofiq, "mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi.

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov va Y.Axmedov hamda "Adolat" SDPdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar “Durunki” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, "mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uni aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalla tizimini yanada mustahkamlash, aholining muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3