Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik
янв.21
30-iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️Qonun va deputat faoliyati
янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Ipoteka va subsidiya masalalari — “Xalqparvar” komissiyasi diqqat markazida
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Masalalar avval joyida o‘rganilmoqda, so‘ng sessiya muhokamasiga olib chiqilmoqda
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, muammolar yechimi deputatlik nazoratida
25 yildan beri xalq ishonchini oqlab kelayotgan deputat

Nurobod tumanida aholi muammolariga ijobiy yechim topish, xalq farovonligi va manfaatlarini ta’minlash yo‘lida uzoq yillardan beri sidqidildan, samarali xizmat ko‘rsatib kelayotgan insonlar bisyor.

Ana shunday insonlardan biri bo‘lgan Sobir Suyarov naq 25 yildan buyon Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

S.Suyarov 1962-yilning 3-yanvarida Samarqand viloyati, Nurobod tumanida tavallud topgan.

U 1986-yilda Samarqand kooperativ institutini tovarshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

S.Suyarovning uzoq yillik mehnat faoliyati davomida juda ko‘plab sohalar rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. 

Jumladan, 1983-yildan 1989-yilga qadar Nurobod tumani "Kattaqo‘rg‘on" ishchilar shirkati do‘kon mudiri, tovarshunosi, rais o‘rinbosari lavozimlarida, 1989 – 1992 yillarda Nurobod tumani "Matlubot jamiyatlari" uyushmasi tovarshunosi, 1992 – 1994 yillarda Nurobod tumani "Kattaqo‘rg‘on" ishchilar shirkati raisining o‘rinbosari, 1994 – 1997 yillarda Nurobod tumani "Matlubot jamiyatlari" uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 1997 – 1999 yillarda Samarqand shahar "Auditor-Yordam" auditorlik firmasi auditori, 1999 – 2003 yillarda Nurobod tumani "Dehqon bozori" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2003-yildan hozirgi kunga qadar “Nurobod ta’sis savdo” MCHJ boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

S.Suyarov yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 25 yildan beri, ya’ni 1999-yildan beri Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati vazifasini sharaf bilan bajarib kelmoqda.

 S.Suyarov Nurobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida tuman kengashining boshqa deputatlari bilan hamkorlikda, astoydil xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, tumandagi ijro hokimiyati organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari muntazam ravishda reja asosida tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilib borilmoqda. Muhokamalar davomida tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarimiz xohish-istaklari va joylarda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan mas’ullarga kerakli savol va tavsiyalar berib kelinmoqda.

S.Suyarov Nurbuloq va Po‘latchi mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, kasalmand va nogironligi bo‘lgan shaxslarga muntazam ravishda moddiy va amaliy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, S.Suyarov nafaqat fidoyi xodim, tashkilotchi va deputat sifatida, balki saxiyligi va ezgu ishlari ortidan ham xalq hurmatini qozonib kelmoqda.

Slide 1 of 1