Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat tomonidan tumandagi “Madaniyat” mahallasi hududida joylashgan xususiy dorixonalar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining sifatli va xavfsiz dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, dorixonalarda belgilangan qonun-qoidalarga rioya etilishi hamda eng zarur dori-darmonlar narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
Deputat dorixona rahbarlari va farmatsevtlar bilan suhbatlashib, dori vositalarining saqlanish sharoitlari, ularning yaroqlilik muddatlari hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, dorixonalarga kelgan mahalla fuqarolarining ham fikr va murojaatlari tinglandi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan dorixona mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Aholi salomatligini muhofaza qilish va dori-darmonlar savdosida shaffoflikni ta’minlash borasidagi tizimli nazorat ishlari deputat va kengash jamoasi tomonidan doimiy ravishda davom ettiriladi.