Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 18-22-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-16-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va kommunal holat nazoratda: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Abdulla avloniy” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning harakat xavfsizligi yo‘lida fidoyilik: Ichki ishlar xodimi e’tirof etildi
янв.21
Mehnat va e’tirof: Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari taqdirlandi
янв.21
Bugun Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Shahar Kengashining sessiyasida shahar Kengashi deputatlari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bilan magistrantlar hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan ta’lim, ilmiy izlanish va kasbiy faoliyatga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, ilmiy ishlarning sifatini oshirish, ularni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda himoyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6