Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, mutasaddi tashkilotlar hamda qator idora rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholi dardini tinglash, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga amaliy yechim topish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda mahallalarda ijtimoiy barqaror muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.