Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Aholi murojaatlari e'tibor markazida!

Bugun Qo‘qon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva raisligida deputatlar uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Kengash raisi O‘.Tojieva tadbirni ochib berar ekan, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan "Inson qadri uchun" tamoyilini hayotga tatbiq etishda deputatlar va mahalla faollarining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi. Rais o‘z nutqida quyidagi jihatlarga alohida to‘xtaldi:

Samaradorlik: "Mahalla yettiligi" bilan ishlash shunchaki tashrif buyurish emas, balki hududdagi muammolarni tubdan o‘rganish va yechim topish bo‘lishi lozim.
Mas'uliyat: Har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olib, deputatlik nazoratini kuchaytirish kerak.
Yangi tizim: Fuqarolarning shahar Kengashiga qilayotgan murojaatlarini mahallabay o‘rganishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish mexanizmlari.

Seminarda so‘zga chiqqan shahar Kengashi deputati N.Shomatov aholini qiynayotgan eng dolzarb masalalardan biri — moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaatlar haqida to‘xtaldi.
N.Shomatov o‘z fikr-mulohazalarida shunday dedi:
"Moddiy yordam so‘rab kelayotgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda faqatgina hujjatlarga tayanmasdan, "temir daftar" va "ayollar daftari"dagi real holatni yuzma-yuz o‘rganishimiz kerak. Yordamga haqiqatda muhtoj insonlarga mablag‘larning adolatli va o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash — bizning asosiy vazifamizdir."
Seminar davomida deputatlar va mahalla vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq "yo‘l xaritasi" belgilab olindi.

Maqsad — xalqimizning davlat idoralariga va xalq vakillariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3