Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
🚀 SHOVOTDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA!

✅ Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish — bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati X. Davletov, Shovot tumani Kengashi deputati D. Shadanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov bilan birgalikda tumandagi “Monoq” mahallasida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🥨 Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar:

O‘rganish davomida aholi uchun zamonaviy kafe va non sexi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorning ishlari ko‘zdan kechirildi.

📈 Natija va bandlik:

Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 15 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Hozirda ular barqaror daromad manbaiga ega bo‘lib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

🤝 Muloqot va amaliy yordam:

Uchrashuv davomida tadbirkorning kelgusidagi rejalari muhokama qilinib, faoliyatni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

✨ Maqsad — tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi farovonligini oshirish!

Slide 1 of 4