Bolalar xavfsizligi va sharoitlar — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi raisi N.Abrorov tumanimizdagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida muassasada tarbiyalanuvchi bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ularning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, muassasa mudirasi bilan suhbat chog‘ida bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi, gigiena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat sifatini nazorat qilish, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish choralari muhokama qilindi.
Tuman Kengashi raisi tomonidan muassasadagi mavjud yutuqlar bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada
qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.