Mahalliy Kengash faoliyatida doimiy komissiyalar muhim o‘rin tutadi. Ular hududni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish va Kengash qarorlarini tayyorlashda faol ishtirok etadi.
🔎 Doimiy komissiyalarning asosiy vakolatlari:
• Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni oldindan o‘rganish va tahlil qilish
• Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini monitoring qilish
• Mahalliy byudjet ijrosi ustidan nazorat olib borish
• Fuqarolar murojaatlari va takliflarini ko‘rib chiqish
• Tegishli tashkilotlar faoliyati yuzasidan tavsiyalar va xulosalar tayyorlash
• Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qilish
📊 Doimiy komissiyalar orqali deputatlar hududdagi dolzarb muammolarni chuqur o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bilan chiqadilar.
🤝 Bu esa Mahalliy Kengash faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati.