Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Jo‘yjangal" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Imtiyozli kredit — amaliy natija: "Bog‘ishamol" mahallasida tadbirkorlik rivojlanmoqda
янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida I chorak sarhisobi: Amaliy natijalar va raqamlar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda
янв.21
"Shodlik" mahallasida I chorak sarhisobi: mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
"Kengash — deputat — mahalla" zanjiri: "Saxovat" mahallasida ish jarayoni tahlil qilindi
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati va "24 yo‘nalish" ijrosi tahlil qilindi
янв.21
“24 yo‘nalish” ijrosi: ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
Deputat nazorati.

Kengashning 2025-yil 27-sentabrdagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qabul qilingan VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarori ijrosi doirasida ishlar oʻrganildi.

Xususan,“Baxrin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Zavqiy ko‘chasida oqava suv tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganib chiqildi. Dastlab loyiha doirasida 150 metr uzunlikdagi tarmoqni yangilash rejalashtirilgan edi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari X.Abduraxmonov va A.Mahkamov, N.Akbarova shuningdek, “Baxrin” MFY raisi hamda hokim yordamchisi ishtirok etdilar. Oʻrganishda loyiha ijrosi nafaqat belgilangan reja asosida, balki homiylar ko‘magida qo‘shimcha ishlar amalga oshirilib, oqava suv tarmog‘i umumiy hisobda 250 metrga yetkazilgan. Tez kunda asfaltlash ishlari ham boshlanishi ma'lum bo'ldi.

Bu esa hudud aholisi uchun yanada qulay sanitariya sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4