Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot: xavfsizlik va huquqiy ong masalalari haqida suhbat o‘tkazildi

 O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot: xavfsizlik va huquqiy ong masalalari haqida suhbat o‘tkazildi 

  ️Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N. Abrorov 7-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirokida hudud xavfsizligi hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi tashkil etildi. 

  Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash, internet va ijtimoiy tarmoqlardan
to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

  O‘quvchilarga qonunlarga hurmat bilan qarash, jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalariga amal qilish, shubhali holatlar yuzasidan tegishli
idoralarga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
 

  Kengash raisi o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni nazorat qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali turli noxush
holatlarning oldini olish mumkinligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 3