Fuqaro murojaati asosida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari Amanlikov Alibek, Asqarali Odilov hamda mahalla raisi ishtirokida “Madaniyat” mahallasi, “Sohavot” ko‘chasi 20-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro yashash manziliga borilib, holat joyida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan masala atroflicha ko‘rib chiqilib, holatning kelib chiqish sabablari aniqlashtirildi. Mazkur masala asosan fuqaroning oilaviy sharoitlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi.
Fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli tavsiyalar berildi.