Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
янв.21
Ijtimoiy himoya va qaror ijrosi: "Navro‘z" mahallasida xonadonlar o‘rganildi
янв.21
"Navro‘z" va "Baynalminal" mahallalarida ish jarayoni o‘rganildi
янв.21
🏛️Termiz shahar Kengashida ijro intizomi va ish samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Sessiyaga tayyorgarlik: Hisobotlarga asosan joylarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkaziladi
янв.21
"Eskishahar" mahallasida "24 Yo‘nalish" ijrosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
So‘zdan amalga: Muammolar joyida o‘rganildi
UCHOLISH MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Axmedova, kotibiyat bosh mutaxassisi M.Mahmudov va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A.O‘rmonovalar tomonidan Ucholish mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan moddiy va ijtimoiy yordamlar, ajratilgan mablag‘ va resurslarning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy muammolar, xususan, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ham ko‘zdan kechirildi. Mahalla “yettiligi” a’zolari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3