Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
Nurli Pangat mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Pangat saylov okrugi deputati Dilbar Do'squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasidagi A. Aripov, Pangatopod hamda Baxmalobod ichki yo‘llarining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu yo‘llarning uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holga kelgani, ayrim qismlarida chuqurlik va notekisliklar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirayotgani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumlarida muammolar yanada kuchayishi ta’kidlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘llarni ta’mirlash, asfalt qoplama yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi chiqarilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1