Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
Deputatlar va “Madad” NNT hamkorligida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi .

Romitan tuman huquqiy maslahat byurosi M.Fatullayev va mahalliy Kengash deputatlari M.Atoyeva, M.Jumatevalar  hamkorligida aholi hamda yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad — hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash, fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, infratuzilma hamda mahalla hayotiga oid qator masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ilgari surdilar. Yoshlar esa o‘z g‘oyalari, startap tashabbuslari va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv jarayonida “Madad” NNT mutaxassislari tomonidan aholiga huquqiy tushuntirishlar ham berildi. Jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaat qilish tartibi, subsidiya va imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, mehnat munosabatlari hamda ijtimoiy yordam olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari batafsil izohlandi. Shuningdek, fuqarolarga huquqiy masalalarda bepul maslahat olish imkoniyatlari mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

Deputatlar tomonidan har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Tadbir davomida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu borada tegishli mutasaddilar tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan ushbu muloqot aholi va yoshlarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularni tizimli ravishda hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Yakunda bildirilib o‘tilgan taklif va muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi. 

Slide 1 of 1