Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 20-24-aprel)
янв.21
"Do‘stlik" mahallasi nazoratda: infratuzilma va yakunlanmagan qurilishlar tahlil qilindi
янв.21
"Ma'rifat" mahallasi deputat nazoratida
янв.21
Murojaat va natija: "Alpomish" mahallasidagi muammolar hal etilmoqda
янв.21
"Mehrobod" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-17-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida jamoat xavfsizligi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
"Gulira'no" mahallasida ish samaradorligi va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Qaror ijrosi amalda: Ijtimoiy ro‘yxatdagi oilalar uylari ta’mirlanadi
янв.21
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati
Puxta qaror va aniq huquqiy yondashuv – samarali boshqaruvning asosiy mezoni

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Puxta qaror va aniq huquqiy yondashuv – samarali boshqaruvning asosiy mezoni

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti Dilmurod Xashimov tomonidan Yashnobod va Bektemir tuman Kengashlari kotibiyatlarida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonlari hamda qarorlar tayyorlash amaliyoti tahlil qilindi. Asosiy e’tibor hujjatlarning sifat darajasi, huquqiy aniqligi va amaliy natijadorligiga qaratildi.

📝 Jarayon davomida qaror loyihalarining normativ-huquqiy asoslanganligi, bandlarning lo‘nda va aniq ifodalanishi, hujjatlarda ortiqcha umumiylikka yo‘l qo‘ymaslik masalalari keng muhokama qilindi. Ayniqsa, har bir qaror muammoni hal etishga xizmat qilishi, ijro mexanizmlari aniq belgilanishi va mas’ullar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔎 Deputatlik so‘rovlariga ham alohida urg‘u berilib, ularning shaklan to‘g‘ri, mazmunan kuchli, dalillarga asoslangan va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhim ekani qayd etildi. Bu borada “har bir so‘rov – bu aniq muammoning huquqiy yechimiga olib boruvchi vosita” ekani ilgari surildi.

⚠️ Tahlillar davomida ayrim qaror loyihalarida huquqiy asoslar yetarlicha ochib berilmaganligi, deputatlik so‘rovlarida esa umumiy yondashuv ustunligi kuzatilayotgani qayd etilib, bu holatlar ijro jarayonida turli talqinlarga sabab bo‘lishi mumkinligi bildirildi.

🤝 Shu munosabat bilan kotibiyat xodimlari va deputatlar uchun hujjatlar tayyorlashda yagona standartlarni joriy etish, huquqiy ekspertiza jarayonlarini kuchaytirish, har bir hujjatni puxta tahlil asosida ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Huquqiy savodxonlikni oshirish va mas’uliyatni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.

🖥 Yakuniy yondashuvga ko‘ra, Yashnobod va Bektemir tuman Kengashlari kotibiyatlarida qarorlar va deputatlik so‘rovlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ularni aniq, puxta va qonunchilik talablariga to‘liq mos tarzda shakllantirish orqali deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda hududiy boshqaruv samaradorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 6