Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
Chinoz tumani. Ko'p qavatli uylarning issiq va sovuq suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog'liq masalalari o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Kengashning ish rejasiga asosan tumandagi "Hamza" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kommunal holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔍 O‘rganish jarayonida issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi hamda gaz bilan bog‘liq mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

👷‍♂️ Ushbu jarayonda Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi I. Bektoshev, “Hududgaz Toshkent” MChJ Chinoz tuman gaz filiali mutaxassislari hamda Chinoz tumani elektr ta’minoti korxonasi bosh mutaxassisi U. Rasulov ishtirok etdi.

⚙️ Mutaxassislar tomonidan hududdagi gaz taqsimlash uskunalari, elektr ta’minoti tarmoqlari va suv tizimlarining holati joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi.

🛠 Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 9